← Blog
ERP / CRM·11-oktabr, 2026·3 min

ERP joriy etishda birinchi 30 kun: nimadan boshlash kerak

Jarayonlarni xaritalash, egalarni aniqlash, pilot bo'limni tanlash — birinchi oyda nima qilinadi.

ERP / CRMVOB

ERP joriy etish ko'pincha dastur tanlashdan boshlanadi — va shu yerda birinchi xato qilinadi. Birinchi 30 kun dastur haqida emas, jarayonlar haqida bo'lishi kerak. Quyida Urgaz va YEC fabrikalarida, keyin SAFF agentligida ishlagan tartibim.

1-hafta: jarayonlarni xaritalash

  • Buyurtma kirganidan pul kelgunicha bo'lgan yo'lni bitta varaqqa chizing: kim, qaysi hujjat, qaysi tizim.
  • Har bir qadamda "bu ma'lumot qayerda yashaydi?" deb so'rang. Excel, daftar, Telegram — hammasi yoziladi.
  • Natija: 15–25 qadamli oqim va 5–10 ta "og'riqli nuqta".

2-hafta: egalarni aniqlash

  • Har jarayonning bitta egasi bo'lishi kerak. "Hamma javobgar" — hech kim javobgar emas degani.
  • Ega bilan birga "muvaffaqiyat nima?" degan savolga bitta jumla bilan javob yozing: "ombor qoldig'i haqiqatga 1 kun ichida mos keladi" kabi.

3-hafta: pilot bo'limni tanlash

  • Eng og'riqli emas, eng tayyor bo'limdan boshlang: ma'lumoti tartibli, egasi faol, hajmi kichik.
  • Pilot uchun 3 ta ko'rsatkich belgilang va ularni hozirgi holatda o'lchab qo'ying — keyin solishtirish uchun.

4-hafta: texnik topshiriq va integratsiya xaritasi

  • Faqat endi tizim haqida gapiring: qaysi modullar, qaysi integratsiyalar (1C, bank, stanok, telefoniya), kim nima bilan kiradi.
  • Integratsiyalarni "majburiy / keyinroq / kerak emas" deb uchga ajrating. Birinchi bosqichda faqat "majburiy".

Birinchi oyda kod yozilmaydi va litsenziya sotib olinmaydi. Lekin shu 30 kun keyingi 6 oyni belgilaydi: jarayon aniq bo'lsa, istalgan ERP ishlaydi; aniq bo'lmasa — eng qimmati ham ishlamaydi.

Maqola shaxsiy tajribaga asoslangan. Raqamlar va misollar umumlashtirilgan; mijoz nomlari keltirilmagan.

Otabek Vahobov
Otabek Vahobov
VOBEX Systems asoschisi · proekt-menejer
Loyihani muhokama qilish
Telegram'da yozish